ALIX yuk egalarini tekshirilgan haydovchilar va avtoparklar bilan bog‘laydi. Buyurtma bering, narxni oldindan biling va yukingizni xaritada real vaqtda kuzating.
ALIX — yuk egalarini tekshirilgan haydovchilar va avtoparklar bilan bog‘laydigan platforma. Buyurtma berish, narxni bilish, yukni kuzatish va to‘lov — hammasi bitta ilovada.
Narx qanday hisoblanadi?
Narx tanlangan tarif bo‘yicha masofa (km) asosida hisoblanadi, har bir tarifda minimal buyurtma narxi bor. Yakuniy narx buyurtma berishdan oldin ko‘rsatiladi. Yuklash yoki tushirishda bepul kutish vaqti oshib ketsa, tarif bo‘yicha qo‘shimcha hisoblanadi.
Haydovchi bo‘lish uchun nima kerak?
Ilovada uch bosqichli ro‘yxatdan o‘ting: shaxsiy ma’lumotlar, hujjatlar (pasport, haydovchilik guvohnomasi, texpasport) va avtomobil ma’lumotlari. Haydovchi avtoparkka biriktirilgan bo‘lishi va YaTT yoki yuridik shaxs sifatida ishlashi kerak.
Qanday usullarda to‘lash mumkin?
Ilova hamyoni, bank kartasi yoki korporativ hisob orqali. Barcha to‘lovlar onlayn amalga oshiriladi.
Yukimni qanday kuzataman?
Haydovchi buyurtmani qabul qilgach, uning joylashuvi va buyurtma holati ilovadagi xaritada real vaqtda ko‘rinadi.
Avtopark sifatida qanday ulanish mumkin?
Biz bilan bog‘laning. Avtopark offertasi qabul qilingach, haydovchilar va daromadni boshqarish uchun veb-panelga kirish beriladi.